Jamiyat

Qisqa yomg‘irdan so‘ng Toshkent ko‘chalarini suv bosdi (video)
16 may 2024, 12:11

Qisqa yomg‘irdan so‘ng Toshkent ko‘chalarini suv bosdi (video)

Kunning birinchi yarmida Toshkent shahrida yog‘ib o‘tgan qisqa va shiddatli yomg‘ir ko‘chalarni suvga to‘ldirdi. Tarqalgan videolarda mahallalar, avtomobil yo‘llari va bozorlarni suv bosganini ko‘rish mumkin. Video.

Ijtimoiy himoya agentligi va Uzum Market reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shma loyihani ishga tushirdi
16 may 2024, 11:00

Ijtimoiy himoya agentligi va Uzum Market reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shma loyihani ishga tushirdi

Uzum Market Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda reabilitatsiya vositalarini yetkazib berish loyihasini ishga tushirdi.

Andijonda Lacetti piyodalar o‘tish joyida o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi
16 may 2024, 10:45

Andijonda Lacetti piyodalar o‘tish joyida o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi

Paxtaobod tumanida 21 yoshli Lacetti haydovchisi svetoforning yashil chirog‘ida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. YTH oqibatida 41 yoshli piyoda oyoq sinishi bilan bog‘liq jarohat oldi.

“Ayollar ko‘proq ruhiy zo‘ravonlikka uchramoqda, 86−87 foiz zo‘ravonlik oilalarda kuzatilyapti” — IIV vakili
16 may 2024, 10:42

“Ayollar ko‘proq ruhiy zo‘ravonlikka uchramoqda, 86−87 foiz zo‘ravonlik oilalarda kuzatilyapti” — IIV vakili

Xotin-qizlar ko‘proq ruhiy, shuningdek, jismoniy va iqtisodiy zo‘ravonlikka uchramoqda, dedi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Umida Abdullayeva. Uning aytishicha, 86−87 foiz zo‘ravonlik oilalarda kuzatilyapti. 2024-yilning uch oyida ayollarga 10 mingdan ziyod himoya orderi berilgan.

Toshkent shahridagi Bobur ko‘chasining ayrim qismlarida yo‘l bir tomonlama yopildi
16 may 2024, 10:14

Toshkent shahridagi Bobur ko‘chasining ayrim qismlarida yo‘l bir tomonlama yopildi

Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining ayrim qismlarida yo‘l bir tomonlama noma’lum muddatga yopildi. U yerda 15-may kuni soat 22:00 dan boshlab ta’mirlash ishlari boshlandi. Haydovchilardan yondosh ko‘chalardan harakatlanish so‘ralgan.

Samarqandda uy qulab tushgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16 may 2024, 10:08

Samarqandda uy qulab tushgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Pastdarg‘om tumanida qulab tushgan uy egasi IIBga murojaat qilib, unga 300 ming dollar miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bildirdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qurilish vazirligi uning qo‘shnisi loyiha hujjatlariga amal qilmasdan yer qazish ishlarini olib borganini ma’lum qildi.

Rehina Mariya Kastijio YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi
16 may 2024, 09:20

Rehina Mariya Kastijio YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi

Rehina Mariya Kastijio BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi. Bungacha u fondning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalarini boshqargan.

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi
16 may 2024, 00:38

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida MAN va Yutong avtobuslari to‘qnashdi. YTHda jarohat olganlar yo‘q, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

15-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
15 may 2024, 23:14

15-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Yoshlarni terrorizm ta’siridan himoya qilish choralari, O‘zbekistonda ochiladigan beshinchi Coca Cola zavodi, XVJning daromadlar deklaratsiyasi bo‘yicha tavsiyasi, aholi yashash hududiga kirib qolgan ayiq va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish qanchalik imkonli?
15 may 2024, 18:46

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish qanchalik imkonli?

Monitoring DXMlarning nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatishga shaylik darajasi turlicha ekanini ko‘rsatdi. Nima uchun bir shaharda davlat xizmatlari turlicha taqdim etiladi? “Gazeta.uz” kolumnisti Dilmurod Yusupov yagona standartlarni joriy etish orqali muammoni hal qilish mumkin, deb hisoblaydi.

Samarqandda xandaq qazilgani ortidan qo‘shni uy qulab tushdi (video)
15 may 2024, 18:04

Samarqandda xandaq qazilgani ortidan qo‘shni uy qulab tushdi (video)

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi noturar joyda xandaq qazilishi oqibatida qo‘shni uy qulab tushdi. Keltirilgan zarar yoki jabrlanish holatlari haqida ma’lumot berilmadi.

Surxondaryoda turar joy va maktab hududiga kirgan ayiq otib o‘ldirildi
15 may 2024, 15:55

Surxondaryoda turar joy va maktab hududiga kirgan ayiq otib o‘ldirildi

Sariosiyo tumanidagi mahallaga kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi. Ekologiya vazirligi hayvon IIB xodimiga jarohat yetkazgani, maktabga kirib, o‘quvchilar hayotiga xavf solgani uchun “tezkor chora ko‘rish talab qilinganini” bildirdi.

Farg‘onada diniy ekstremistik oqim a’zosi 12 yilga qamaldi
15 may 2024, 14:16

Farg‘onada diniy ekstremistik oqim a’zosi 12 yilga qamaldi

Oltiariq tumanida “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimi a’zosi qo‘lga olindi. U Rossiyadan qaytib, Telegram`dagi turli guruhlarda aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatib kelgan. Bag‘dod tumani sudi uni 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

To‘qqizta hududda sel kelishi kutilmoqda
15 may 2024, 12:43

To‘qqizta hududda sel kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 16−22-may kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

Farg‘onadagi “zapravka”da 3,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
15 may 2024, 11:28

Farg‘onadagi “zapravka”da 3,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Rishton tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi kompressor agregatlariga noqonuniy ulanib, 2,7 mln kVt soat elektr energiyasini ishlatgani ma’lum bo‘ldi. Bu 3,6 mlrd so‘mga teng. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada 200 dollarga qalbaki haydovchilik guvohnomasini yasab bergan shaxslar ushlandi
15 may 2024, 10:45

Farg‘onada 200 dollarga qalbaki haydovchilik guvohnomasini yasab bergan shaxslar ushlandi

Oltiariq tumanida 200 AQSh dollari evaziga qalbaki haydovchilik guvohnomasi yasab bergan shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

YIDXP nogironligi borlar uchun portaldan foydalanish imkonini yaxshilash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda
15 may 2024, 10:44

YIDXP nogironligi borlar uchun portaldan foydalanish imkonini yaxshilash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiquvchilari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Xorazmda 17 yoshli yigit 5-qavatdan tushib ketdi
15 may 2024, 10:06

Xorazmda 17 yoshli yigit 5-qavatdan tushib ketdi

Urganch shahrida 17 yoshli yigit 5-qavatdan avtomashina ustiga quladi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Qashqadaryoda otasining tazyiqlariga uchragan qizlarga xolasi vasiy bo‘ldi
15 may 2024, 00:13

Qashqadaryoda otasining tazyiqlariga uchragan qizlarga xolasi vasiy bo‘ldi

Qashqadaryoda otasining zo‘ravonligiga uchragan 16 va 14 yoshli qizlarning vaziyati bolalar ombudsmani nazoratiga olingandi. Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, Qarshi shahri hokimi qarori bilan ularga xolasi vasiy etib tayinlangan.

Farg‘onada maktab o‘quvchisiga tarsaki tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan olindi
14 may 2024, 23:34

Farg‘onada maktab o‘quvchisiga tarsaki tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan olindi

Farg‘onadagi maktabda o‘quvchini urgan Milliy gvardiya xodimi lavozimidan ozod etildi. U maktabda inspektor-psixolog lavozimida ishlagan, hozirda uni boshqa lavozimga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting